JCh-2018 qur'a tashlash shousiga Ivan Urgant boshlovchilik qiladi

Foto: MOSKVA, 29 noyabrya. /TASS
Rossiyalik teleboshlovchi va aktyor Ivan Urgant 2018 yilgi jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash shousiga boshlovchilik qiladi. Bu haqda FIFA ma'lum qildi.
Qur'a tashlash shousi 1 dekabrda Toshkent vaqti bilan soati 20:00da Kreml saroyida boshlanadi. Shou Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish qilinadi. Unda shuningdek qo‘shiqchilar Alsu va Larisa Dolina qur'a tashlash uchun maxsus yozilgan qo‘shiqlar ijro etishadi.
Shou rejissyori Feliks Mixaylovning aytishicha, qur'a tashlashda his-tuyg‘ular kuchi, kutish hayajoni va chempionat mezboni sifatida Rossiyaning chiroyi namoyish qilinadi. “Albatta biz dastlabki qur'a tashlashda biz tomondan boshlab berilgan “orzu” mavzusini – parvoz qilish orzusi, kuchli bo‘lish va g‘olib bo‘lish orzusini bu shouda ham davom ettiramiz. Bolaning orzusi u o‘smirdan jahon futboli afsonasigacha yo‘lni bosib o‘tgandan keyin haqiqatga aylanadi. Shou epizodlaridan birida u o‘tmishning buyuk futbolchilari: Lev Yashin,. Pele, Maradonani uchratadi. Sahnadagi va zalda o‘tirgan futbol hamda estrada, jaz va opera yulduzlari bizning shior "Smotri, kak soydutsya zvezdy" (Qara, yulduzlar qanday kesishadi)ni tasdiqlashadi”, deb aytgan rejissyor.
Qur'a tashlash jarayonini sobiq ingliz futbolchisi Gari Lineker va rossiyalik jurnalist Mariya Komandnaya olib borishadi. Marosimda Rossiya futbol ittifoqi birinchi vitse-prezidenti Nikita Simonyan va argentinalik Maradonna, italiyalik Fabio Kannavaro, fransiyalik Loran Blan, angliyalik Gordon Benks, braziliyalik Kafu, ispan Karles Puyol, urugvaylik Diyego Forlan va nemis Miroslav Klozelar ishtirok etadilar.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

17:56 / 26.05.2025
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025