Yoaxim Lyov JCh-2018 favoritlarini aytdi

Foto: RIA Novosti
Futbol bo‘yicha Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovning ma'lum qilishicha, jamoa uchun Rossiyadagi Jahon chempionati-2018da favorit maqomi muammo tug‘dirmaydi.
«Bizni har bir musobaqadan avval favorit deb hisoblashadi, shuning uchun bunga ko‘nikib qoldik, bu muammo emas, biz bu borada asabiylashmaymiz. Ha, biz favoritmiz, biroq bunday jamoalar ko‘p - Ispaniya, Argentina, Braziliya, Fransiya», - deya Lyovning so‘zlarini keltiradi TASS.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, guruhdagi bosh raqobatchi Meksika terma jamoasi sanaladi.
«Bu jahondagi eng yaxshi terma jamoalardan biri. Ha, biz ularni Konfederatsiyalar kubogida mag‘lubiyatga uchratdik, biroq o‘shanda tezkor ikkita gol urishning uddasidan chiqqandik. Endi esa umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi murabbiy.
Ma'lumot uchun, Germaniya terma jamoasiga F guruhida Shvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari ham qarshilik ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

13:59
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

14:08 / 21.05.2025
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

14:00 / 20.05.2025