Amerikalik ayol hasharotga achchiq qilib uyini yoqdi
Amerikaning Ohayo shtatida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 3 kishi jabrlandi va yana 10 kishi boshpanasidan ayrildi. Bir necha oila istiqomat qilgan uy ayolning yotoqxona hasharotidan qutilish maqsadida o‘t qo‘yishi oqibatida yonib kul bo‘ldi, deb xabar qilmoqda CBS News.
Hodisa Tsintsinatti shahrida 9 dekabrda ro‘y bergan. Ayni vaqtda Qizil xoch jamiyatining mahalliy bo‘linmasi boshpanasiz qolgan 7 kishi va 3 bolaga vaqtincha uy topgan. Yong‘indan yetkazilgan zarar 250 ming dollar deb baholanmoqda.
Aytish joizki, bu Amerikada ro‘y berayotgan ilk shunday hodisa emas. 28 noyabrda ayni shaharlik 13 yashar o‘smir hasharotni yoqish niyatida o‘t qo‘yishi oqibatida 6 ta uyga talofat yetgan edi. Oktyabr oyida Arizona shtati fuqarosi gaz yondirgichi vositasida suvaraklarni o‘ldirish niyatida uyining kulini ko‘kka sovurgandi.
Mavzuga oid

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

21:42 / 05.06.2025
Tramp va Si Jinping telefon orqali gaplashdi

20:32 / 05.06.2025
Pentagon katta kemalarni yo‘q qiladigan aviabombani sinovdan o‘tkazdi

19:26 / 05.06.2025