Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qoidalar bo‘yicha penaltilar seriyasi.«Man Siti» «Lester»ni qanday yengdi?
«Manchester Siti» Angliya ligasi kubogi chorak finalida «Lester»ni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinning asosiy vaqtida va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa «shaharliklar» 4:3 hisobida ustun kelishdi va yarim finalga chiqishdi.
Penaltilar seriyasi yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, «Lester»ning birinchi zarbasidan keyin «Man Siti»ning ikki futbolchisi zarba berdi, ulardan keyin «Lester» futbolchilaridan ikkisi ketma-ket nuqtaga yaqinlashdi. Mezbonlar yetakchilari Jyeymi Vardi va Riyoz Mahrez 4 va 5-zarbalarda adashdi, Vardining zarbasi ustunga tegdi, Mahrezning zarbasini Klaudio Bravo qaytardi. Natijada «Man Siti» beshinchi zarbani bermasdan g‘olib bo‘ldi.

Mavzuga oid

12:21 / 01.07.2025
Klublar mundialida sensatsiyalar kuni. «Siti» va «Inter» turnirdan chiqarib yuborildi

11:59 / 27.06.2025
Vinisius «Real»ni birinchi o‘rinda olib chiqdi, «Siti» «Yuventus»ga 5 ta gol urdi

10:10 / 23.06.2025
«Manchester Siti» «Al-Ayn»ni mag‘lub etdi. Abduqodir Husanov 61 daqiqa o‘ynadi

20:39 / 28.05.2025