Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron ballistik raketalar yaratish va ularni sinovdan o‘tkazish ishlari olib borayotgani uchun unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.
“AQSh qonunlarida yadroviy qurol va uzoq masofalarga uchuvchi raketalarni ishlab chiqish dasturlari ajralmas ekanini va Eron tomondan raketalar ishlab chiqilishi va sinovdan o‘tkazilishi qat'iy sanksiyalar bilan jazolanishi kerakligini ilk bor qonunan mustahkamlab qo‘yish lozim”, deb aytilgan Tramp bayonotida.
Tramp avvalroq Oq uy kongress bilan birga 2015 yil iyulda Eron bilan tuzilgan xalqaro kelishuvdagi jiddiy kamchiliklar ustida ishlashini e'lon qilgandi. Tramp kelishuvni yaxshilashga sa'y-harakatlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, AQShning undan chiqishini aytgan.
Eron va xalqaro vositachilar oltiligi (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Germaniya) 2015 yil 14 iyulda Eron atomining ko‘p yillik muammosini tartibga soluvchi tarixiy kelishuvga kelganlar va qo‘shma harakatlar dasturi qabul qilingan. Bu dasturning bajarilishi Eronga qarshi BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomondan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarni bekor qiladi.
Mavzuga oid

11:51
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem

07:41
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi

22:37 / 10.08.2025
Mers "bir necha haftadan beri" Trampdan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni so‘rayotganini aytdi

20:36 / 09.08.2025