Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sotuvchilari bo‘lmagan dunyodagi ilk “aqlli” do‘kon ochilmoqda
22 yanvarda amerikaliklar dunyodagi ilk “aqlli” do‘konga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Kassa va sotuvchilari bo‘lmagan ilk supermarket Sietlda Amazon kompaniyasi tomondan ochilmoqda. Ushbu loyiha bir yil davomida sinovdan o‘tkazilgan.
Amazon Go nomli bu do‘konga kirish uchun smartfondagi dasturni yuklab, ekranda paydo bo‘lgan QR-kodni do‘konga kirishdagi turniketga qo‘yish talab etiladi. Xaridor peshtaxtalardan oladigan va qaytib qo‘yadigan mahsulotlar kameralar va maxsus datchiklar tomondan qayd qilinadi. Xarid uchun pul do‘kondan chiqishda Amazon akkauntiga biriktirilgan bank kartasidan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Mavzuga oid

18:49
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

18:03
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

13:56
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

13:11