Maktab xodimlari o‘quv muassasasi sport zalida darsliklarni yoqib yuborishdi
Braziliyaning Saltu-di-Piraporai munitsipalitetidagi o‘rta maktab direktori va uning o‘rinbosari o‘quv muassasasi sport zalida darsliklarni yoqib yubordi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya ularni qo‘lga oldi. Direktorning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tushuntirishicha, u shu yo‘l bilan «tozalash ishlarini» o‘tkazmoqchi bo‘lgan, sababi kitoblar, uning so‘zlariga ko‘ra, eski bo‘lgan va foydalanilmay kelingan.
Aniqlik kiritilishicha, darsliklarni yoqish bilan o‘rinbosar shug‘ullangan, biroq bu boradagi buyruqni direktor bergan.
Barcha bosma materiallar yo‘q qilib tashlangani tufayli, politsiya aynan qancha kitob yoqib yuborilgani borasida aniq ma'lumot bera olmayapti.
Ta'kidlanishicha, hodisa yuz bergan paytda o‘quvchilar maktab hovlisida bo‘lishgan. Politsiya ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.


Mavzuga oid

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan

20:37 / 12.05.2025