Farg‘onada valyutafurushlarga qarshi reyd o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ
Milliy xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament mintaqaviy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda reyd o‘tkazishdi, uning davomida Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs xorijiy valyutani sotishga urinish chog‘ida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Jamshid Niyozov «Mediapark» savdo majmuasida 7400 AQSh dollarini bir dollar uchun 8240 so‘mlik kurs bo‘yicha 60 mln 976 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Tadbir davomida tezkor xodimlar uning yonida yana 600 dollar borligini aniqlashdi.
Shuningdek, MXX tezkor xodimlari Departament vakillari jalb etilgan holda boshqa bir valyutafurushni, Marg‘ilonda yashovchi Ulug‘bek Mirfayozovni qo‘lga olishdi. U qo‘lga olish paytida 10 ming dollarni 8300 so‘mlik kurs bo‘yicha 83 million so‘mga sotayotgan bo‘lgan.
Ayni damda yuqoridagi holatlar bo‘yicha Departamentning mintaqaviy boshqarmasi tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Toshkent viloyatida sinov tariqasida sintetik metan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 21:49
-
Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi raisi etib saylandi
Jahon | 21:46
-
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 21:23
Mavzuga oid

08:00
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

17:02 / 15.05.2025