Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesliga. «Bavariya» autsayderlardan birini qiyinchilik bilan yengdi va boshqa natijalar

Foto: twitter/@bayern
Germaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan bir necha o‘yinlar yakunlandi.
Peshqadam «Bavariya» safarda Bundesligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan «Vlfsburg» bilan bellashdi va so‘nggi daqiqada penaltidan urilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. Vaholanki, jamoa 1-bo‘limdan so‘ng, hisobda orqada borayotgan edi.
Jadvalda 2-o‘rinni egallab turgan «Bayyer» yana bir autsayder - «Hamburg»ni qiyinchilik bilan yengdi.
Germaniya chempionati, 23-tur
17 fevral
Volfsburg – Bavariya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 8 Didavi, 1:1 – 64 Vagner, 1:2 – 90, penalti Levandovski.
Volfsburg – Kastels, Knoxe, Itter, Yung (Villiam, 78), Bruma, Didavi, Arnold, Malli (Dimata, 90), Gilavogi, Shteffen (Osimxen, 84), Origi.
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Bernat, Rafinya, Martines, Alkantara (Myuller, 62), Rudi, Robben, Tolisso, Riberi (Alaba, 66), Vagner (Levandovski, 79).
Ogohlantirishlar: Yung (11), Alkantara (29), Riberi (37), Shteffen (54), Arnold (80), Itter (90), Myuller (90).
Hamburg – Bayyer 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 40 Beyli, 0:2 – 50 Xavertts, 1:2 – 70 Xan.
Frayburg – Verder 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 24, penalti Petersen.
Kyoln – Hannover 96 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 29 Osako, 1:1 – 37 Fyullkrug.
Mavzuga oid

09:30 / 06.07.2025
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi

12:00 / 16.06.2025
Messi golsiz boshladi, «PSJ» «Atletiko»ni ham yakson etdi, «Bavariya» 10 ta gol urdi

07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

12:21 / 09.04.2025