Jamiyat | 09:45 / 28.02.2018
13330
1 daqiqa o‘qiladi

Kollej o‘quvchisi 38 yoshli erkakni pichoqladi

Jizzax shahrida pichoqbozlik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahrida 27 yanvar soat 05.50 larda "Toshloq" MFY, Sayiljoy ko‘chasida yashovchi, Jizzax shahar Transport aloqa kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan F.X. uyida o‘zaro janjal oqibatida Samarqand ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.Yu.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. F.X. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid