O‘zbekistonda dizel narxi oshdi

Foto: UzReport.uz
O‘zbekistonda 2018 yil 1 mart kunidan boshlab dizel yoqilg‘isining narxi o‘rtacha 12 foizga oshdi. Bu haqda Hukumatning 28 fevraldagi qishloq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng joriy etish to‘g‘risidagi qarorida shunday deyiladi.
Ma'lum qilinishicha, 1 martdan boshlab 1 litr dizel yoqilg‘isi 4 ming 600 so‘m (12,1 foizga oshgan), EKO dizel yoqilg‘isining 1 litr uchun narxi esa 4 ming 700 so‘m etib belgilandi. (11,9 foizga oshgan)
Hujjatda aytilishicha, yuqorida belgilangan narx bo‘yicha dizel yoqilg‘isini sotish to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ham avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalariga dizel yoqilg‘i barcha soliqlar bilan belgilangan yagona narx bo‘yicha yetkazib beriladi.
Mavzuga oid

10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi

14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

14:02 / 16.11.2024