Hindistonlikka shifoxonada yostiq o‘rniga uning kesib tashlangan oyog‘i berildi (video)

Foto: twitter\Rohan Dua
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonalardan birida oyog‘i kesib tashlangan bemorga yostiq o‘rniga uning kesilgan oyog‘i berildi. Ushbu holat videosi tvitterda joylashtirildi. Videoda oyog‘i tizzasi pastidan kesilgan erkak kushetkada tomizg‘ich (kapelnitsa) ostida yotganini, uning kesib tashlangan oyog‘i esa boshi ostiga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.
NDTV telekanalining ma'lum qilishicha, ushbu voqea Jxansi shahridagi davlat tibbiyot kolleji qoshidagi shifoxonada yuz bergan. Shifoxonada ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan va u o‘tkazilishi vaqtida voqeaga aloqador 2 shifokor ishidan vaqtinchalik chetlatilgan. Maxsus komissiya aynan kim bemor boshi ostiga uning oyog‘ini qo‘yganini aniqlashi kerak. Agar shifokorlar aybdor bo‘lsalar, ularga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi.
Shu bilan birga bemorning yaqinlari va shifokorlar versiyalari farq qilmoqda. Shifokorlarning aytishicha, yo‘l-transport hodisasida jabrlangan Gxanshyam ismli erkakka shifoxonada shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Shundan keyin shifokor bemor boshi ostiga qo‘yishga narsa qidira boshlagan va bemorning yaqinlaridan biri uning kesilgan oyog‘ini qo‘llashga qaror qilgan. Bemor yaqinlarining aytishicha esa, oyoqni erkak boshi ostiga shifokorlar qo‘yishgan va uni yostiq bilan almashtirishdan bosh tortishgan. Natijada bemorning yaqinlari bozordan yostiq sotib olishgan.
Erkakning oyog‘i yo‘l transport hodisasi oqibatida uzilib ketgani yoki shifokorlar uni olib tashlashga majbur bo‘lganlari borasida ham aniqlik kiritilmagan.
200 mlndan ko‘proq odam yashaydigan Uttar-Pradesh Hindistonning eng nochor shtatlaridan biri hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, bu yerdagi shifoxonalarda kichik davolanishni ham ancha uzoq kutishga to‘g‘ri keladi, tibbiy mas'uliyatsizlik esa keng tarqalgan hodisadir.

Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06 / 02.06.2025
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49 / 02.06.2025
Mavzuga oid

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025