Koutino: Neymarga hamma eshiklarni ochib beramiz

Foto: Getty Images
«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoning ta'kidlashicha, «PSJ» forvardi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishidan faqat xursand bo‘ladi hamda u bilan bir jamoada to‘p surishni xohlaydi.
«Neymar bilan bizda hammasi zo‘r bo‘ladi! U ajoyib o‘yinchi, men Braziliya termasida u bilan birga o‘ynaganman. Men uchun bu haqiqiy fantastik jarayon edi. Agarda u qaytsa, bu yaxshi bo‘lardi. Albatta, biz uning uchun barcha eshiklarni ochib beramiz», - deya Koutinoning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik Ispaniyani yozda tark etdi va Parij klubiga 222 mln yevro evaziga o‘tdi. Yaqinda esa hujumchi Fransiyada qolish istagida emasligi va yana ko‘k-anorranglilar safiga qaytish maqsadida ekani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025