Hillari Klinton Hindistonda kasalxonaga tushib qoldi

Foto: Reuters\Brian Snyder
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Hindistonga safari vaqtida kasalxonaga tushib qoldi. Bu haqda Daily News and Analysis hind portali xabar bermoqda.
Voqea Jo‘dxpur shahrida yuz bergan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Klinton o‘zi to‘xtagan mehmonxona vannaxonasida sirpanib ketib, bilagini shikastlab olgan.
Shundan keyin Klinton kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan va kasalxonaga yetkazilgan. U yerda Klintonning jarohat olgan joyi rentgen qilingan va bilagining suyagi darz ketgani aniqlangan.
Klintonning yordamchilari uning AQShdagi shifokorlari bilan bog‘lanishgan. Shifokorlar jarohat joyini tarang qilib bog‘lashni maslahat qilishgan.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025