Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sohillari uzra “maxluq-bulut” kuzatildi (video)

Foto: Screenshot
AQShning Yangi Orleani sohillari yaqinida dengiz ustida quvur ko‘rinishidagi ulkan bulut kuzatildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ushbu antiqa tabiiy hodisani Kertis Kristensen ishga ketayotganda tasvirga olgan. “Bu joriy haftada AQShni qamrab olgan sovuq frontning “dumidir”. Bunday hodisa joriy yilda ko‘p kuzatilmoqda, biroq men gorizont bo‘ylab ketgan bunchalik katta bulutni hali ko‘rmagandim. Ijtimoiy tarmoqlarlarda barcha hayratda”, deb izoh bergan Kertis hodisaga.
O‘tgan yil Jahon meteorologik tashkiloti Cloud Atlas kitobida ushbu kam uchrovchi hodisani yangi turdagi bulut deb rasman e'lon qilgan. Ushbu hodisa “uzun, odatda yerga yaqin joylashgan, quvur shaklidagi gorizontal bulut massasi” sifatida ta'riflangan.
Odatda bunday bulutlar momaqaldiroqli bulutlar ostida paydo bo‘ladi. Yaqinlashayotgan bo‘ronning pastga yo‘naluvchi oqimi ta'sirida nam havo yuqoriga ko‘tarilib, soviydi va silindrik shakldagi bulutni hosil qiladi.

Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025