Foto: Braziliyaning sobiq prezidenti hibsga olingach tartibsizliklar boshlandi

Foto: Reuters
Braziliyaning Kuritiba shahrida mamlakatning sobiq prezidenti Lula da Silva o‘zini politsiyaga topshirgach, tartibsizliklar boshlandi. Globo telekanali xabariga ko‘ra, bu tartibsizliklar vaqtida 8 kishi jarohatlangan.
Jarohatlanganlar orasida 3 nafar voyaga yetmagan bola va bir politsiyachi bor. Bir bola va ikki o‘smir shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, politsiya xodimlari sobiq prezident tarafdorlarini tarqatish uchun rezina o‘qlar, shovqinli granatalar qo‘llagan.
Lula da Silva taslim bo‘lgach, vertolyotda Kuritabadagi Federal politsiyaga keltirildi.



Yanvar oxirida sobiq prezident korrupsiyadagi ayblov bo‘yicha 12 yil 1 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Silva uning apellyatsiyasi qayta ko‘rib chiqilmaguncha ozodlikda qolishi mumkin edi. Ammo sud sobiq prezidentni qamoqqa hukm qildi, avvaliga Silva politsiyaga taslim bo‘lishni istamasdan, o‘z tarafdorlari qo‘riqlayotgan binoga yashirindi, ammo bir kun o‘tib u taslim bo‘lishga qaror qildi.

Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, u endilikda saylovlarda qatnasha olmaydi. Holbuki u shu vaqtgacha oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovidagi asosiy favorit sanalayotgandi. Birinchi turda uni saylovchilarning 33,4 foizi qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ma'lum bo‘lgandi.
Lula da Silva Braziliyani 2003 yilda 2010 yilga qadar boshqargan.
Mavzuga oid

17:24 / 08.06.2025
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

20:35 / 28.05.2025
Braziliya hukumati BYD kompaniyasini odam savdosida ayblamoqda

14:45 / 22.05.2025