Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, G‘o‘za urug‘chiligi respublika markazi va Boshoqli don ekinlari urug‘chiligi respublika markazi negizida, urug‘liklar, shu jumladan, paxta va boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash hamda ulardan foydalanishning yagona va zamonaviy tizimini shakllantirish uchun mas'ul bo‘lgan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda.
Farmonda ta'kidlanishicha, urug‘lik tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda urug‘lik olish maqsadida yetishtirilgan paxta va boshoqli don ekinlarini keyinchalik alohida saqlash sharti bilan qayta ishlash tartibini joriy qilish to‘g‘risidagi takliflar inobatga olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “O‘zdonmahsulot” AK bilan birgalikda farmon e'lon qilingandan ikki oy muddatda urug‘lik tayyorlash bo‘yicha alohida tashkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boshoqli don ekinlari urug‘lari uchun ixtisoslashtirilishini, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga berish bo‘yicha takliflar kiritishini ta'minlash nazarda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat | 19:35
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
Mavzuga oid

15:22 / 08.05.2024
Don korxonalari xususiylashtirilmoqda

15:55 / 11.01.2024
Otasi «MVD»da ishlashini aytib yo‘l-harakati qoidalarini buzgan yigitga chora ko‘rildi

16:05 / 09.06.2022
Bug‘doy zaxirasi, o‘zbek unining sifati va erkinlashtirilgan narx - un sexiga press-tur

14:46 / 13.04.2022