Yangi Zelandiyada autizmdan aziyat chekuvchilar uchun "sokinlik soati" joriy qilindi

Foto: HybridTechCar
Yangi Zelandiyaning Marton shahridagi Countdown supermarketi autizm kasalligi bo‘lgan xaridorlar uchun "sokinlik soati"ni joriy qildi. Endi har chorshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha do‘konda musiqa o‘chiriladi, chiroq xiralashtiriladi, ishchilar esa do‘kon avtoturargohidagi aravachalarni yig‘ib yurishmaydi.
Bunday g‘oya og‘ir shakldagi autizmdan aziyat chekuvchi Xanter ismli 13 yoshli o‘g‘lini voyaga yetkazayotgan Lara Xogg tomonidan ilgari surildi. Ayolning o‘zi ushbu supermarketda faoliyat yuritadi. Do‘kon menejyeri Kirsten Dinnan ayolning tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va ilk "sokinlik soati" 4 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
"Biz do‘kondagi har ikkinchi chiroq va hatto muzlatgich kameralaridagi chiroqlarni ham o‘chiramiz. Bundan tashqari, biz mahalliy do‘konga borib, autizmdan aziyat chekuvchi bolalar uchun bir necha yumshoq o‘yinchoq xarid qildik".
Kirsten Dinnan
Martonda o‘nlab kishilar autizmga chalingan. O‘sha yerda yashovchi Annet Braun u va o‘g‘li uchun do‘konga borish haqiqiy "bayram"ga aylangan.
"Bizda Irlen sindromi (miyaning vizual ma'lumotni qayta ishlash tizimining buzilishi), shuning uchun bu vaqt barchamiz uchun ayni muddao. Do‘konda u qadar yorug‘ emas, bizga shunisi tinchroq. Boshim og‘rimaydi va ortiqcha zo‘riqish his qilmayman".
Annett Braun
Ta'kidlash joizki, "sokinlik soati"da do‘konga barcha xaridorlar qo‘yiladi, biroq ishchilar ulardan shovqin qilmaslikni so‘rashadi. Bundan tashqari, ma'muriyat aksiya vaqtida supermarket "e'tirozdan xoli zona"ga aylanishini ta'kidlaydi, zero bu payt autizmga chalinganlar haqida salbiy fikr bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Countdown matbuot kotibi Keyt Porterning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya do‘konlar tarmog‘i faoliyat yurituvchi boshqa shaharlarda ham "sokinlik soati"ni joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

13:53 / 19.06.2025
Magnum O‘zbekistonni tark etadi

21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

13:37 / 03.03.2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi

11:14 / 31.01.2025