Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sargsyan Armaniston Respublika partiyasi raisligidan ketmoqda

Foto: kremlin.ru
Armanistonda Respublika partiyasi raisi Serj Sargsyanni o‘zgartirish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda partiya saytida Sargsyan, bosh vazir vazifasini bajaruvchi Karen Karapetyan va fraksiya deputatlarining 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuviga asosan xabar berilgan.
«Respublika partiyasi raisini o‘zgartirish haqida munozara boshlash qarori qabul qilindi. Sobiq prezident va hukumatning sobiq rahbari Serj Sargsyan uchrashuvda ishtirok etayotganlarga 23 aprel kungi iste'fosi sabablarini tushuntirdi, Respublika partiyasi parlament fraksiyasining ishi bo‘yicha turli ssenariylarni taqdim etdi. Bu mamlakatda ichki tinchlik hamda barqarorlikni saqlab qolish uchun kerak», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistondagi hukmron Respublika partiyasi barcha siyosiy bloklar vakillari bilan istalgan masalalarni muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

20:28 / 19.07.2025
Turkiy birlik darvozasi – Zangezur koridori atrofida nimalar bo‘lmoqda?

13:05 / 17.07.2025
Armaniston ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

08:49 / 16.07.2025
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

20:57 / 14.07.2025