«Rossiya ishi». Myuller Trampning kuyovini 7 soat so‘roq qilgan – CNN

Foto: AP
AQShda 2016 yil bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvini surishtiruvdan o‘tkazayotgan maxsus prokuror Robert Myuller, 2018 yilning aprel oyida Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerni yetti soat davomida so‘roq qilgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
«Bir yil muqaddam Jared [Kushner] 2016 yilgi saylovlarga aralashuvni surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha istalgan ishga yordam berishga eng birinchilardan bo‘lib rozi bo‘lgandi. O‘shandan beri u surishtiruvga to‘la ko‘mak ko‘rsatib keldi hamda kongress vakillari bilan soatlab so‘roqlarda ishtirok etdi, shuningdek, u maxsus prokuror Myullerning jamoasi bilan ikki marotaba suhbatlashdi», - deya Kushnerning advokati Abba Louell so‘zlarini keltiradi telekanal.
Advokatning ta'kidlashicha, uning mijozi barcha savollar bo‘yicha batafsil javob qaytargan. U Myuller bilan intervyu aniq qachon o‘tkazilganini aytmadi hamda so‘roq nima haqida bo‘lganiga oydinlik kiritmadi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Kushnerga maxfiy hujjatlardan foydalanish huquqi qaytarilgan. Avvalroq, u Oq uy apparati rahbari Jon Kelliga rasmiy shaxslarning maxfiy milliy ma'lumotlardan foydalanishi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgani tufayli pasaytirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Myuller Trampga sud bilan tahdid qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi
Jahon | 01:08
-
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 00:40
-
«Ahmoqlar. O‘t ochishni to‘xtatish o‘limlar bo‘lmasligi uchun kerak» - Zelenskiy
Jahon | 23:33 / 02.06.2025
Mavzuga oid

23:06 / 07.05.2025
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi

10:37 / 28.04.2025
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi

01:05 / 23.08.2020
Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi

10:53 / 07.06.2020