Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy shahri hokimi o‘zgardi
Bugun, 25 may kuni xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Viloyat matbuot xizmatining «Kun.uz»ga xabar berishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahri hokimi Muhiddin Murtazoyevich Bozorov Navoiy shahar hokimi etib tayinlandi. U 2013 yil avgustidan buyon Zarafshon hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi.

Shu kunga qadar Navoiy shahriga hokimlik qilib kelgan Umarbek Yaxshimurodovich Xalilov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbarligiga tayinlangan.
Mavzuga oid

21:26 / 31.07.2025
Navoiyda atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlanmalar chiqargan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi – Ekovazirlik

18:22 / 19.07.2025
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda

09:46 / 16.06.2025
Prezident: "Har bir hokim topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus ko‘rsatib ishlashga o‘tishi shart"

20:12 / 26.05.2025