Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi 85 mlrd dollarlik xaridni amalga oshirdi

Foto: Getty Images /Ulrich Baumgarten
Jahondagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi AT&T Time Warner mediakorporatsiyasini 85 mlrd dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuv yakuniga yetkazilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda CNN kompaniya bayonotiga asosan xabar bermoqda.
AT&T bosh direktori Randall Stivensonning va'da berishicha, kompaniya «media va ko‘ngilochar soha ishiga doir yangi yondashuvni» tanlaydi.
AQSh federal sudi ikki kun avval AT&T Time Warner’ni xarid qilishi mumkin ekani haqida qaror chiqardi. Okrug sudyasi Richard Leonning o‘z qarorida ma'lum qilishicha, AQSh Adliya vazirligi ikki mediagigantning birlashishi Amerika monopoliyaga qarshi qonunchiligiga zid ekanini isbotlay olmagan.
Mavzuga oid

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025