Sergeli avtomobil bozori ko‘chiriladigan joy ma'lum
Joriy yilning 18 iyun kuni Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida o‘tkazilgan «Top-500» anjumani doirasida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev Sergeli avtomobil bozori ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan hududni ma'lum qildi.
«Aksariyat hokimiyat mulki va davlat xizmatlarini xususiy sektorga autsorsing asosida topshiramiz yoki sotamiz. Masalan, hokimiyat qurilish ishlari, yo‘l va infratuzilma qurilishi, avtoturargohlarni boshqarish, chiqindilarni qayta ishlash, bozorlar, bolalar bog‘chalari va poliklinikalar va hokazo.
Shu bugundan tadbirkorlarga aytishim mumkinki, bozorlarni birgalashib yuritish imkoniyati bor. Biz katta-katta bozorlarni shahar tashqarisiga olib chiqishni rejalashtirganmiz.
Sizlarga yaxshi biznes taklif etaman: avtomobil bozorini Chinozga ko‘chirish masalasida. Agar bu ishga pul tikib, sarflab ko‘chirmoqchi bo‘lsa, bizning e'tirozimiz yo‘q», – deydi u.
Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev barcha ulgurji bozorlar, jumladan «O‘rikzor», «Bekto‘pi» bozorlari ham shahardan tashqari hududlarga ko‘chirilishi mumkinligini bildirdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi
Jahon | 21:12
-
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17
-
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi
Fan-texnika | 20:05
-
Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi
Jamiyat | 19:45
Mavzuga oid

17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida

12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi

20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

17:29 / 08.02.2024