Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya tarixda birinchi marta «Txegik» mashqlarini bekor qildi

Foto: REUTERS
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan muloqotni davom ettirish uchun harbiy mashqlar o‘tkazishni bekor qildi. Bu haqda «Ryonxap» agentligi Janubiy Koreya harbiy vazirligidagi nomi oshkor etilmagan manbaga asosan xabar bermoqda.
«Txegik» har yilgi uch kunlik harbiy mashqlar kelasi hafta seshanba, 26 iyun kuni boshlanishi kerak edi. Janubiy Koreya harbiy mahkamasidagi manba so‘zlariga ko‘ra, keyinroq mashqlar uchun mos vaqt va o‘tkazish shakli bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, ularning kelajagi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.
«Txegik» kodli nomiga ega bo‘lgan mashqlar Janubiy Koreyada 1996 yildan beri har yili may yoki iyun oyida o‘tkazib kelinadi. Joriy yilda ular tarixda birinchi marta bekor qilinadi.
Avvalroq, AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashqlari to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Bunday qaror KXDR bilan yadrosizlantirish hamda yarim orolda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar davom ettirishni ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Mavzuga oid

21:36 / 27.07.2025
Kim Chen In Amerikaga qarshi urushda g‘alaba qozonishni va’da qildi

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi

14:58 / 14.07.2025