Rossiyaning Londondagi elchixonasi NATO bosh kotibini ayblab chiqdi

Foto: FERNVALL LOTTE / ZUMAPRESS
Rossiyaning Londondagi elchixonasi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishida Rossiya aybdor ekaniga oid bayonoti «qo‘pol va mas'uliyatsiz yolg‘on xabar» ekanini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Diplomatik missiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Stoltenberg o‘z bayonoti bilan xalqaro hamjamiyatni noto‘g‘ri fikrlashga undamoqda.
«Agarda janob Stoltenberg qandaydir dalillarga ega bo‘lsa, u ularni darhol taqdim etishi kerak. Hozircha esa uning so‘zlari - asossiz bayonot bo‘lib, unda na dalillar, na isbotlar bor», - degan manba.
Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda ro‘y bergan hodisani surishtiruvdan o‘tkazish hali yakunlanmadi. Shuningdek, manba eslatishicha, 1 may kuni Buyuk Britaniya bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mark Sedvill rasmiylarda gumonlanuvchilar yo‘qligi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid

16:42 / 06.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun O‘zbekistonga keldi

23:21 / 03.06.2025
NATO Yevropa davlatlaridan havo hujumidan mudofaa kuchlarini besh baravar kuchaytirishni so‘raydi

08:20 / 03.06.2025
Zelenskiy: Kiyev NATO sammitiga taklif oldi

12:25 / 31.05.2025