Umumta'lim elektron kutubxona loyihasini amalga oshirishda Janubiy Koreya tajribasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston Matbuot axborot agentligi tomonidan xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan birgalikda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida faol hamkorlik olib borilmoqda.

Shunday loyihalaridan biri Janubiy Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasining iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik Fondining moliyaviy ko‘magida “Milliy umumta'lim elektron kutubxona” loyihasini birinchi navbatda amalga oshirishga doir qaroriga asosan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida Agentlik tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Raqamlashtirish va skanerlash hamda Multimedia markazlari tashkil etilmoqda.
Mazkur loyihaga asosan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Koreya Respublikasida joriy qilingan elektron kutubxona faoliyati, uning texnik tizimi, ilmiy-ta'limiy axborot ma'lumotlarini foydalanuvchilarga yetkazib berish, undan foydalanish hamda boshqaruvini tashkil qilish bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi 2018 yil 9-15 iyul kunlari Seul shahrida o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etib, bu borada Janubiy Koreya tajribasini o‘rganishmoqda.





Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025