Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqida uchuvchilarni parvozoldi ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari qat'iylashtirildi

Foto: CC0 / StockSnap
Yevropa Ittifoqida uchuvchilarni parvozoldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari qat'iylashtirildi. Unga ko‘ra YeI davlatlari uchuvchilari uchun ham, xorijiy uchuvchilar uchun ham ruhiy holat va spirtli ichimliklar iste'mol qilganlikka majburiy tekshiruvlar o‘tkazish joriy qilindi.
“Yevropa Ittifoqi uchuvchilar va bortkuzatuvchilar uchun ruhiy yaroqlilik qoidalarini kuchaytirib, yangi xavfsizlik qoidalarini qabul qildi. Yangi qoidalar 2015 yilda 9525 Germanwings reysining halokatidan keyin chiqarilgan saboqlarga asoslangan”, deyilgan xabarda.
Yangi qoidalar barcha uchuvchilarga ruhiy muammolar mavjudligi vaziyatida ko‘mak dasturidan foydalanishni taqdim qilishni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, ishga qabul qilishda uchuvchilik tarkibida ruhiy faol moddalarga muntazam tekshiruv va reabilitatsiya hamda ishga qaytgandan keyin ogohlantirishsiz tekshirish, Yevropa va xorijiy aviakompaniyalar uchun uchuvchilar va bortkuzatuvchilarni spirtli ichimliklar iste'mol qilganlikka tanlanma tekshirish joriy qilinmoqda.
2015 yil mart oyi oxirida Airbus A320 samolyotining ikkinchi uchuvchisi Andreas Lubitts uchuvchilar kabinasida ekipaj sardori yo‘qligidan foydalanib, eshikni ichkaridan yopib olib, samolyotni Fransiyadagi tog‘ga olib borib urgan. Samolyotda bo‘lgan barcha 150 kishi halok bo‘lgan. Keyinchalik aniqlanishicha, Lubittsda ruhiy muammolar mavjud bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

17:23 / 12.07.2025
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

13:06 / 12.07.2025
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

20:32 / 10.07.2025