Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin avstriyalik vazirning to‘yida qanday vaqtichog‘lik qildi - foto
Avstriyaning 53 yoshli tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl 65 yoshli ishbilarmon Volfgang Maylingerga turmushga chiqdi. Bu to‘y unchalik ahamiyat kasb etmas edi, agar ungacha bir hafta qolganida to‘yda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etishi ma'lum bo‘lmaganida.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Putinning kechikishi sababli nikoh marosimi bir necha daqiqaga ushlab turishgan.

Knaysl Avstriya TIVga qishdan buyon rahbarlik qilmoqda. U bir necha karra Yevropa va Rossiya o‘rtasida muloqot o‘tkazilishini yoqlab bayonot bergan.
To‘y Avstriya janubidagi Gamilts qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. To‘yga taklif etilganlar orasida Avstriya hukumatining ko‘plab a'zolari ham bor edi. Suratga OPEC rahbari Muhammad Barkindo va Avstriyadagi o‘ng partiyalar a'zolari ham tushib qolishgan.
Putin yangi kelin-kuyovni tabriklab, kelin bilan raqsga tushgan.






Mavzuga oid

15:11
Reuters: Putin Trampning Ukraina bo‘yicha ultimatumini e’tiborsiz qoldiradi

14:34
Uitkoff Trampning ultimatumi tugashi arafasida Moskvaga keldi

13:06
Rossiyaga qarshi sanksiyalarga tayyor Tramp, «Hizbulloh»ni qurolsizlantirmoqchi bo‘lgan Livan va Eronda yopilayotgan davlat idoralari - kun dayjesti

08:50