Isroil Suriyadagi isyonchi guruhlarni yashirincha moliyalashtirgani ma'lum qilindi

Foto: AFP 2018 / Nazeer al-Khatib
Isroil Suriya janubidagi isyonchi tuzilmalarni yashirincha qurollantirgan va moliyalashtirgan. Bu tuzilmalar Eronni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar va IShID jangarilarining Suriya-Isroil chegarasiga yaqin hududlarni egallab olishiga yo‘l qo‘ymagan. Bu haqda ushbu tuzilmalarning 20 ga dan ko‘proq qo‘mondoni va a'zolariga iqtibos keltirgan holda Foreign Policy nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap oxirgi yillar davomida Isroildan qurol va moliyaviy ko‘mak olgan kamida 12 guruh haqida ketmoqda. Isroil kuch tuzilmalari isyonchilarga Golan tepaliklari va Suriyani bog‘lovchi uch punkt orqali qurollarni bergan. Oxirgi shunday holat iyulda bo‘lgan.
Foreign Policy hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir jangchiga oyiga 75 dollarga yaqin maosh to‘langan. Tuzilmalar miltiq, pulemyot, minomyot, avtomobillar, Suriya qora bozorida qurol sotib olish uchun qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta'minlangan.
Bunday xabarlar avval ham boshqa OAVda, jumladan Wall Street Journal nashrida paydo bo‘lgan.
Mavzuga oid

14:42 / 07.06.2025
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

19:55 / 05.06.2025
G‘azo, Suriya va Eron: Yaqin Sharqdagi so‘nggi o‘zgarishlar tahlili

15:00 / 05.06.2025