Jahon | 12:59 / 10.09.2018
8572
2 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyada ayblangan siyosatchi musodara qilingan millionlar qaytarilishini talab qildi

Foto: Lai Seng Sin / Reuters

Malayziya sobiq bosh vaziri, korrupsiyada ayblangan Najib Razzoq politsiya tomonidan musodara qilingan 116,7 million ringgit (28 million dollardan ortiq) mablag‘ ortga qaytarilishini talab qildi. Bu haqda The Straits Times xabar bermoqda.

Siyosatchining bayonotiga ko‘ra, musodara qilingan mablag‘larning katta qismi unga emas, balki ilgari hukmron bo‘lgan Birlashgan malay milliy tashkilotiga (BMMT) tegishli bo‘lgan. Najibning ma'lum qilishicha, musodara qilingan kundan beri uch oydan ortiq vaqt o‘tdi, lekin unga bu bo‘yicha hech qanday ayblovlar qo‘yilmadi, shuning uchun pulni qaytarib berish kerak.

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, BMMT rahbari uchun partiyaga tegishli pulning bir qismini, shu jumladan, xayr-ehsonlarni o‘zida saqlash odatiy holatdir.

Iyun oyida o‘tkazilgan tintuvlar vaqtida politsiya Razzoqning yonidan 273 million dollarlik qimmatliklarni topdi. Hukumatning sobiq boshlig‘i oilasiga tegishli bo‘lgan binolardan biridan olingan narsalar orasida - zargarlik buyumlari, aksessuarlar, naqd pullar va 1MDB  jamg‘armasi bog‘liq mojaroga aloqador hujjatlar bo‘lgan.

Razzoq 2009 yil 3 apreldan Malayziya bosh vaziri lavozimida ishlagan. U 2018 yil may oyida o‘tkazilgan saylovlar vaqtida lavozimini yo‘qotdi, buni aynan korrupsiya ayblovlari bilan bog‘lashmoqda. Saylovlardagi mag‘lubiyatdan so‘ng Razzoq va uning xotini bir necha marta so‘roqqa tutildi, endi ularga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan. 

Mavzuga oid