Pauerlifting: O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo va Okeaniya Chempionatida ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi
5-14 sentabr kunlari Yaponiyaning Kitakyushu shahrida pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada hamyurtlarimiz ikki oltin medalni O‘zbekiston hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinova Muslima 72kg toshni ko‘tarib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa 55 kg vazn toifasida Roza Qo‘ziyeva 115 kg toshni ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqada 29 ta davlatdan 200ga yaqin sportchi medalli o‘rinlar uchun kuch sinashdi.
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025