SpaceX Oy atrofini aylanib chiquvchi dunyodagi ilk sayyoh bilan shartnoma tuzdi

Foto: NASA / Bill Ingalls
AQShning SpaceX kompaniyasi uzoq missiyalarga mo‘ljallangan raketasida Oy atrofini aylanib chiquvchi dunyodagi ilk kosmik sayyoh bilan shartnoma imzoladi.
Avvalroq kompaniya 2019 yil yarmidan keyin Oyga ilk koinot sayyohlari parvozini amalga oshirishi ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, tarix davomida 24 kishi Oyda bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. 1972 yilda amerikalik fazogirlar missiyasi yakunlangandan keyin Yerning tabiiy yo‘ldoshiga hech kim parvoz qilmagan.
“SpaceX bizning Big Falcon (BFR) raketasida Oy atrofini aylanib chiquvchi dunyodagi ilk yo‘lovchi bilan shartnoma imzoladi – bu kosmosga sayohat qilishni orzu qiluvchi oddiy odamlarga kosmosga yo‘l ochishdagi muhim qadamdir”, deb yozgan kompaniya tvitterda.
Kompaniya ilk sayyoh kim bo‘lishi va u nima uchun kosmosga uchishga qaror qilgani haqida 17 sentabrda ma'lum qilishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid

22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi

23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

17:37 / 22.04.2025