«Hayot Habib bilan jangdangina iborat emas. Tilingga ehtiyot bo‘l» - Makgregorni ogohlantirishdi

Foto: @khusein.khaliev
Chechenistonlik MMA jangchisi Huseyn Xaliyev irlandiyalik Konor Makgregorga videomurojaat qilib, u rossiyalik Habib Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytgan gaplari uchun javob berishini bildirdi.
«Konor, sen laqmalik bo‘yicha katta usta ekansan. Bunga matbuot anjumanini ko‘rib ishonch hosil qildim. Bu laqmaliging Irlandiya, Amerika va yana qayerdadir o‘tadi. Ammo Checheniston yoki Kavkaz haqida gap borganida nimani gapirish mumkin, nimani gapirish mumkin emasligini o‘ylashing kerak. Aytgan so‘zlaring uchun qafas ichida yoki uning tashqarisida javob berishingga to‘g‘ri keladi», — dedi Xaliyev.
Xaliyev chechenlar oila yoki biror kishisining sha'nini toptaganlarni hech qachon kechirishmasligini ta'kidladi. «Shuning uchun tezroq tavba qilib kechirim so‘rashingni maslahat beraman, hayot Habib bilan jangdan so‘ng tugab qolmaydi. Agar katta sarguzasht izlamayotgan bo‘lsang, tilingga ehtiyot bo‘l», — dedi Xaliyev.
21 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan matubot anjumanida Makgregor Nurmagomedov sha'niga haqoratli so‘zlarni aytdi. Bundan tashqari u Checheniston rahbarini diktator deb atadi.
Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi

08:29 / 09.04.2025