Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya bosh vazirining yangi tug‘ilgan qizi BMT sammitida debyutini o‘tkazdi

Foto: REUTERS/Carlo Allegri
Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern yangi tug‘ilgan qizi bilan birgalikda Bosh assambleya sammitiga tashrif buyurdi. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.
Bosh vazir bundan avval ham BMTda qizi bilan birga paydo bo‘lgan, o‘shanda u yapon delegatsiyasining Nyu-Yorkdagi yig‘ilishi vaqtida bolaning tagligini almashtirgandi. Biroq, bu safar Neva Te Aroxa uchun BMT a'zosining elektron identifikatori yaratildi.
Bosh vazirning turmush o‘rtog‘i Klark Geyford rafiqasining nutqi paytida yig‘ilish zalida qizi bilan birga bo‘lgan.
38 yoshli Jasinda Ardern Yangi Zelandiyaning eng yosh rahbari va dunyoda hokimiyat tepasida bo‘lib turgan paytida farzand ko‘rgan, ikkinchi saylangan ayol yetakchidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili Stefan Duyarrikning so‘zlariga ko‘ra, BMT Bosh assambleya zalida Neva bilan uchrashishdan mamnun bo‘ldi.
«Bosh vazir Ardern faqatgina ishlayotgan ona o‘z mamlakati haqida hammadan yaxshi bilishini ko‘rsatib qo‘ydi», - deydi Durriyak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampdan BMT Bosh assambleyasida shou kutishmayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025