Yaponiyaning Okinava prefekturasi yangi gubernatori AQSh bazalarining olib chiqilishi tarafdori bo‘lishi mumkin

Foto: AFP 2018 / Yoshikazu Tsuno
Yaponiyaning Okinava prefekturasi gubernatori saylovlarida muxolifatchi va AQSh harbiy bazalarining prefektura tashqarisiga olib chiqilishi tarafdori Denni Tamaki yetakchilik qilmoqda. Bundan “Kiodo” axborot agentligi va NHK telekanali o‘tkazgan ekzit-poll natijalari darak bermoqda. Ularga ko‘ra, Tamaki katta ehtimol bilan prefektura gubernatori bo‘lishi mumkinligi kelib chiqmoqda.
Okinava gubernatori saylovlari 30 sentabrda bo‘lib o‘tdi. Prefekturaning yangi gubernatorini saylash zarurati sobiq gubernatorning avgust oyida vafot etgani bilan bog‘langan. Tamaki avvalgi gubernatorning AQSh bazalarining olib chiqilishi borasidagi siyosatini davom ettirishini aytgan, bu esa Yaponiya markaziy hukumati pozitsiyasiga zid keladi.
Okinava hududi Yaponiyaning bor-yo‘g‘i 0,6 foizini tashkil qilsa-da, u yerda AQShning Yaponiyadagi harbiy obektlarining 74 foizi va harbiylarining yarmidan ko‘pi joylashgan. Prefektura ma'muriyati ma'lumotlariga ko‘ra, Okinavada 22,5 ming amerikalik harbiy hamda ular oilalarining 19 ming a'zosi va boshqa amerikaliklar bor.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025