Hindistonda haydovchi maymun bilan bog‘liq hazili uchun ishdan haydaldi

Skrinshot
Hindistonda avtobus haydovchisi hazillashib maymunni rulga o‘tqazib qo‘ygani uchun ishidan ayrildi. Bu haqda Channel News Asia xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, voqea mamlakat janubi-g‘arbidagi Davanjyer shahrida yuz bergan. 36 yoshli haydovchi maymunni rulga o‘tqazib qo‘ygan, 30 nafar yo‘lovchilardan biri esa buni videoga olgan. Rolik mashhur bo‘lib ketdi hamda ro‘y bergan hodisa haqida avtobus kompaniyasi xabar topdi.
Uning vakili so‘zlariga ko‘ra, haydovchi ishidan chetlatildi, sababi kompaniya birinchi navbatda yo‘lovchilar xavfsizligini qadrlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘lim bilan yakun topgan selfilar soni Hindistonda eng ko‘pligi aniqlangandi.
Mavzuga oid

22:12 / 05.06.2025
Hindistonda saroy binosi ostidan yashirin kutubxona topildi

15:28 / 05.06.2025
IndiGo aviakompaniyasi Mumbaydan Toshkentga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

17:53 / 02.06.2025