Erkaklar va ayollar: ozish kim uchun osonroq kechadi?

Foto: Shutterstock
Ayollar ba'zan erkaklarga havas qilishadi. Ularga yashash osonroq bo‘lgani uchun emas, boshqa oddiy sababga ko‘ra: erkaklarning vazn tashlashi ayollarga nisbatan osonroq. Nima uchun deysizmi? "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da keltirilishicha, tarixdan shunday.

Tana xususiyatlari
Erkaklar organizmida yog‘ to‘qimalari me'yorda taxminan 10-12 foizni tashkil qiladi (lekin 20 foizgacha oshishi mumkin). Ayollarda esa yog‘ to‘qimalari ko‘proq bo‘lishi kerak - 30 foizgacha. Bu ayollarning homilador bo‘lishi va bolani ona suti bilan oziqlantirishi bilan izohlanadi, albatta. Organizmning energiya zaxirasi esa - bu yog‘ to‘qimasi.
Anatomik xususiyatlar
Tabiatan erkaklarda mushaklar ko‘proq bo‘ladi, zero ularning tarixiy roli doimiy harakatni talab qiluvchi ov mashg‘ulotlarida bo‘lgan. Hatto sizning "ovchingiz" divanda yotishni ma'qul ko‘rsa ham, uning mushaklari baribir siznikidan ko‘proq, buni evolyutsiya deydilar.
Bu qomat va ozish uchun qanday ahamiyatga ega? Organizmda mushaklar to‘qimalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, asosiy almashinuv darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Ya'ni erkaklar hech nima qilmasa ham, ayollarga nisbatan ko‘proq kaloriya sarflashadi.
Fiziologik xususiyatlar
Deylik, er va xotin bir vaqtda vazn tashlashga qaror qilishdi. Sport zaliga obuna bo‘lib, bir oy davomida shug‘ullanishadi, mashqlar ikkisi uchun taxminan bir xil... Bir oydan keyin erkak 5 kg vazn tashlaydi, ayol esa - 1 kg. Bu ko‘p uchraydigan holat.
Mushaklar massasi hajmidagi farqdan tashqari, gormonal fondagi tafovut ham muhim ahamiyatga ega. Erkaklarda testosteron ko‘p bo‘ladi, bu gormon mushaklarni intensiv o‘sishga majbur qiladi. Bundan tashqari, testosteron nisbatan agressiv xatti-harakatlar uchun javob beradi, shuning uchun erkaklar yuqori intensivlikdagi yuklamalar, takroriy mashqlarga uzoqroq chidamli bo‘lishadi va oxir-oqibat ko‘proq vazn tashlashadi.
Bundan tashqari, ayollarning ishdagi samaradorligi siklga juda kuchli bog‘liq, ya'ni oy davomida shunday kunlar bo‘ladiki, organizm ehtimoliy homiladorlikni kutadi va istar-istamas energiya sarflaydi. Bunday kunlarda esa ozishning uddasidan chiqish qiyin.
Axloqiy xususiyatlar
Bu ham ahamiyatga ega. Vazn tashlashga qaror qilgan ayollar mashqlarni qanday bajarishadi? Dugonalari bilan guruh mashg‘ulotlariga yozilishadi. Yog‘dan samarali xalos bo‘lish uchun esa daqiqasiga 110-130 zarb puls zonasida 40 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt mashq qilish kerak. Masalan, uzoq yugurish yoki tez-tez yurish, velosipedda harakatlanish va h.k. Aerobikada olinadigan interval yuklamalar organizmni mustahkamlaydi, lekin ular vazn tashlash uchun u qadar samarali emas. Erkaklar esa aksariyat hollarda yolg‘iz mashq qilishadi va ko‘pincha aynan yugurish hamda velotrenajyorni tanlashadi.
Kayfiyat xususiyatlari
Ayollarning parhezga rioya qilishi qiyinroq. Erkaklar esa ovqatlanishdagi cheklovlarni nisbatan yengil o‘tkazishadi: ular o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p nutriyentlar xilma-xilligiga muhtoj emas. Ayollarda esa ular yetishmasa, depressiya boshlanadi. Kimlardir stressning alamini ovqatdan ola boshlaydi. Darvoqe, bunday kayfiyat xususiyati ham asosan ayollarga xos.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

17:46 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida

08:30 / 02.11.2024
Avtotransportning vazni va hajmi ustidan nazorat xususiy sektorga o‘tkaziladi

10:26 / 03.07.2024
O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi

16:50 / 24.06.2024