Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: valyutachilar «yama»si fosh etildi

Foto: Yegor Aleyev/TASS
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q. Mirobod tumanidagi xonadonlardan birida qonunga xilof ravishda «yama» tashkil qilib, chet el valyutasi savdosi bilan shug‘ullanib kelishganligi aniqlanib, har bir AQSh dollarini 8200 so‘mdan hisoblab, 15000 AQSh dollarini fuqaro M.ga 123 mln. so‘mga sotgan vaqtda ushlanganlar.
Tadbir davomida ulardan 15000 AQSh dollari hamda tashkil qilingan «yama»dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 38 mln. 600 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar X.R., X.A. va Ya.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:00
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi

17:45 / 12.07.2025