Eron banklari SWIFT to‘lov tizimidan uzib qo‘yildi

Foto: SS0 Public Domain
Eron banklari SWIFT xalqaro to‘lov tizimi yordamida xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish imkonidan mahrum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Endi tizimdan uzilgan banklar xalqaro to‘lov operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. Shuningdek, ko‘plab davlatlarda SWIFT formatida amalga oshiriladigan ichki operatsiyalarni o‘tkazish bilan ham muammolar vujudga kelishi mumkin.
SWIFT’da ta'kidlanishicha, ushbu qaror xalqaro bank tizimida barqarorlikni saqlab qolish uchun qabul qilingan. Banklar tizimdan aynan qanday uzib qo‘yilgani ma'lum qilinmagan.
5 noyabrdan AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kirdi.
Mavzuga oid

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025