Xorazmlik jurnalist ozod etildi

29 oktabr kuni xizmat vazifasini o‘tayotgan paytda, Qo‘shko‘pir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganch shahrida ushlangan jurnalist ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qo‘shko‘pir tumani Ma'muriy ishlar bo‘yicha sud qaroriga ko‘ra 7 sutkaga qamalgan Davlatnazar Ro‘zmetov jazo muddatini o‘tab, 5 noyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. U Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanayotgan edi.
Xorazmlik jurnalist, «Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ro‘zmetov bir hafta oldin Urganch shahrida qo‘lga olinib, sud mahkamasiga olib kelingan. Jurnalistning qamalishiga sabab qilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.
Ayni paytda Ro‘zmetov bilan yuz bergan hodisa bo‘yicha ayrim ma'lumotlar ma'lum qilingan. Kun.uz xorazmlik jurnalist bilan yuz bergan hodisani batafsil o‘rganmoqda.
Mavzuga oid

19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

20:04 / 22.05.2025