Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yandeks» o‘zining ilk smartfonini taqdim etdi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Odinokov
«Yandeks» kompaniyasi o‘zining ilk smartfoni – ovozli yordamchi «Alisa»ga ega bo‘lgan «Yandeks.Telefon» smartfonini taqdim etdi. .

Narxi 17990 rubl bo‘lgan qurilma 6 dekabrdan kompaniyaning Moskvadagi do‘konida sotuvga chiqariladi. 7 dekabrdan esa smartfonni «Bera» onlayn do‘koni hamda «M.Video», «Eldorado» do‘konlarida sotib olish mumkin bo‘ladi.
«Yandeks» Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududiga «YNDX-000SB» modelidagi «Yandeks.Telefon» smartfonini olib kirishga ruxsat olgandi. Bu ruxsat 2023 yil 25 iyungacha amal qiladi. Qurilmani Shveytsariyada ro‘yxatdan o‘tgan Yandex Services AG ishlab chiqaradi. Bu kompaniya avval «Yandeks.Stantsiya» «aqlli karnayi» ishlab chiqargan. Smartfon dizayni «Yandeks»da ishlab chiqilgan.




Qurilma Android operatsion tizimida ishlaydi. U 8 yadroli protsessor, 5,6 dyuymli, 2160x1080 nuqtali ekran, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan va xaridlarning simsiz to‘lovi uchun NFC texnologiyasini, «Yandeks.Dengi» va Google Pay to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gadjyet, shuningdek, turli tashkilotlar kontakt ma'lumotlariga ega «Yandeks.Spravochnik» tizimiga ulangan raqam aniqlagich bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchiga smartfondagi kontaktlar kitobida telefon raqami bo‘lmagan biror-bir tashkilotdan qo‘ng‘iroq qilinsa, u qaysi tashkilotdan qo‘ng‘iroq bo‘lganini biladi.
Mavzuga oid

20:48 / 31.07.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

15:03 / 30.07.2025
Nokia smartfonlar bozoriga qaytishini e’lon qildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025