Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda havo shari portlashi oqibatida to‘rt nafar qizning yuzi va qo‘llari kuydi

Foto: 4USkY
Joriy yilning noyabr oyida Uchtepa tumanida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB.
Qayd etilishicha, «Chiroqchi» kafesida tug‘ilgan kun nishonlash jarayonida yonib turgan shamli tort oldida tabiiy gaz bilan to‘ldirilgan shar portlagan.
Natijada to‘rt nafar qizlarning yuz va qo‘llarida turli darajadagi kuyish izlari qolgan. Tibbiy yordam uchun ular RShTYoIMga yuborilgan.
«Hurmatli fuqarolar! Havo sharlari xarid qilishda ehtiyot bo‘ling. Faqatgina geliy bilan to‘ldirilgan sharlarni sotib oling. Bayram tadbirlarida bu kabi sharlardan foydalana turib ularni yong‘inga sabab bo‘lishlari mumkinligini unutmang», - deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid

20:34 / 13.07.2025
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda

17:53 / 12.07.2025