Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini ma'lum qildi

Foto: Vesti.Ru
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva Davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) Toshkent va Bokuda institut filiallarini ochish hamda Uzoq Sharq federal universiteti (DVFU) bazasida bo‘linma tashkil etish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov payshanba kuni universitetning kuzatuv va vasiylik kengashi qo‘shma yig‘ilishida ma'lum qildi, deya xabar beradi TASS.
«MGIMO xorijdagi o‘z pozitsiyasini mustahkamlamoqda, - deya qayd etib o‘tdi vazir. - MGIMO Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan birgalikda o‘z filiallarini tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda».
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda universitet nizomiga Ozarboyjon hamda O‘zbekistonda filiallar ochish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid

14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

09:39 / 23.05.2025