Putin va Abe mudofaa sohasida aloqalarni rivojlantirishga kelishib olishdi

Foto: RIA Novosti
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga kelishib olganini ma'lum qildi.
«Xavfsizlik sohasida ishonch hosil qilish. Bu yil ham mudofaa idoralari, chegara xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantiramiz. Narkotrafik kabi noan'anaviy tahdidlarga qarshi turamiz, bu yo‘nalishdagi hamkorligimiz qator muvaffaqiyatli natijalarni berdi. Buni yanada rivojlantiramiz va hamkorlik sohasini kengaytiramiz», – dedi Abe Moskvada Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokalardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
U shuningdek, Rossiya va Yaponiya Shimoliy Koreya bo‘yicha ham hamkorlikni davom ettirishini, «chunki Shimoli-Sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish umumiy va asosiy maqsad» ekanligini aytdi.
Mavzuga oid

14:39
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

08:16 / 17.05.2025
Pistorius: Putin Ukrainadagi urush tugashini xohlamaydi

08:53 / 17.03.2025
The Independent: Kiyev muzokaralarning «qizil chiziqlari»ni belgilab oldi

22:09 / 14.02.2025