O‘zbekiston | 20:45 / 04.02.2019
8881
2 daqiqa o‘qiladi

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi​ alohida vazirlik tarkibiga kiritiladi -​ Prezident farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib vazirlik tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmonida yoziladi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida mos ravishda  Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

«Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining «Energiya tejash milliy kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.​

Mavzuga oid