Bloomberg: Tramp favqulodda holat e'lon qilganidan so‘ng devor uchun 8 mlrd dollar undirmoqchi

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurishga qariyb 8 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltirish uchun favqulodda holat rejimi joriy etilishini e'lon qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlik o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, 3,5 mlrd dollar Pentagon ehtiyojlari uchun quriladigan obektlarga ajratilgan mablag‘dan olinadi. 2,5 mlrd va 600 mln dollar esa Amerika mudofaa va moliya vazirliklarining giyohvand moddalar aylanishining oldini olish bilan bog‘liq dasturlar uchun fondlarga ajratilgan mablag‘dan olinadi.
Yana 1,38 mlrd dollar ichki xavfsizlik vazirligi yo‘nalishidan olinadi.
Avvalroq mazkur devor qurilishi borasidagi kelishmovchiliklar natijasida federal hukumat ishi 35 kun davomida to‘xtab qolgandi.
Mavzuga oid

08:01 / 31.05.2025
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

19:30 / 28.05.2025
Trampning Putinga nisbatan ritorikasi o‘zgardi. Oxirgi suhbatdan keyin

11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi

11:10 / 24.05.2025