Hindiston mamlakat dushmanlariga urush bilan tahdid qildi

Foto: EPA
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining ma'lum qilishicha, mamlakat dushmanlari vaziyatni beqarorlashtirish uchun teraktlar va fitnalardan foydalanmoqda. Uning so‘zlari Associated Press tomonidan keltirilgan.
«Hindiston kurashadi, yashaydi, mehnat qiladi va g‘alaba qozonadi», - dedi u, hukmron Hind xalq partiyasi vakillari oldida chiqish qilib.
Agentlikning ta'kidlashicha, bosh vazir Pokiston bilan Kashmirdagi ziddiyat haqida gapirmagan. Shu bilan birga, partiya a'zolari qo‘shni mamlakatga yangi zarbalar berish kerakligini aytishgan.
Bundan tashqari, Hindiston Mudofaa vazirligidagi manbalarning bildirishicha, Islomobod «Jaysh-a-Muhammad» terrorchilik guruhi yetakchilarini o‘z hududida yashiryapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Hindiston yana bir-biriga o‘t ochgandi.
Undan oldin esa Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgandi. Shundan so‘ng, Hindiston javob qaytarib, Pokistonning qiruvchi samolyotini urib tushirdi.
Mavzuga oid

21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025