Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligada 2-tur yakunlandi. «Nasaf» «So‘g‘diyona»ga 3ta gol urdi, vodiy derbisida g‘olib aniqlanmadi

31 mart kuni O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasida yana 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qarshining «Nasaf» klubi o‘z maydonida Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq mezbonlar futbolchisi Dilshod Saitov hisobni ochdi, 33-daqiqada Nikola Milinkovich hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Boburbek Davlatov qarshiliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Islom Kenjaboyev o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi - 3:1.
Birinchi turda «Dinamo» maydonida durangga erishgan «Nasaf» bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 4taga yetkazdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mavsumni «Bunyodkor»ga qarshi g‘alabali o‘yin bilan boshlagan jizzaxliklar jamoasi esa 3 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
Tur doirasidagi yana bir uchrashuv Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida bo‘lib o‘tdi. «Qo‘qon-1912» va «Andijon» klublari o‘rtasidagi vodiy derbisida g‘olib aniqlanmadi (0:0).
Endilikda «Andijon» va «Qo‘qon-1912» 2tadan ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 8-9 o‘rinlarda joylashib turibdi.
Superliga
2-tur
«Nasaf» – «So‘g‘diyona» 3:1
Gollar: 1:0 - Dilshod Saitov 6, 1:1 - Nikola Milinkovich 33, 2:1 - Bobir Davlatov 53, 3:1 - Islom Kenjaboyev 79,.
«Nasaf»: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtazoyev, Bobir Davlatov (Jo‘rabek Mannonov, 89), Sardor Abduraimov, Akmal Mozgovoy, Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev, 86), Xurshidbek Muxtorov, Oybek Bozorov (Islom Kenjaboyev, 66), Umarbek Eshmurodov (s).
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Siroj Meliyev, 66), Sanjar Rashidov (c), Izzatila Abdullayev (Shohruz Norxonov, 58), Doston Toshmatov (Oybek Nurmatov, 68), Muhammad Yuldoshev, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.
Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 24, Humoyun Murtazoyev 24, Sardor Abduraimov 83.
«Qo‘qon-1912» – «Andijon» 0:0
«Qo‘qon-1912»: Boyan Knezevich, Quvondiq Ro‘ziyev, Javohir Esonqulov, Oybek Rustamov (Muhammadanas Hasanov, 46) (Behruz Sa'dilloyev, 76), Jasur Hasanov, Suhrob Berdiyev (Timur Hakimov, 85), Iqboljon Malikjonov, Shaxboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuxammedov.
«Andijon»: Vitaliy Mirniy, Bobur Amonov, Farhod Mirahmatov, Oybek Qilichev, Dilshod Rahmatullayev, Ildar Mamatkazin, Ro‘zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 25), Doniyor Ismoilov (Shaxzod Ubaydullayev, 46), Asror G‘ofurov, Abror Xusinov, Bobur Akbarov.
Ogohlantirish: Oybek Qilichev 85.
Shu tariqa, Superliganing 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. Ikki tur yakunlariga ko‘ra, chempionat turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:
Mavzuga oid

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025