Vazir o‘rinbosari Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Sirdaryo hokimligi axborot xizmati
Anvar Rasulovich Karimov Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Karimov 1977 yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Guliston davlat universitetini, 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Murodilla Eshmatov Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi.
Mavzuga oid

22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025