Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq

Bugun, 25 may kuni yurtimizning barcha umumta'lim maktablarida 1- va 11-sinflar ishtirokida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ana shunday tadbirlar Toshkent shahrining Bektemir tumanida ham shukuhli tarzda tashkil qilindi.Tumanning eng namunali ta'lim maskanlaridan biri hisoblangan 293-sonli umumta'lim maktabida “Mening maktabim-mening uyim” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.Tadbirda Bektemir tumani “Oila” markazi rahbarlari, Bektemir tumani Xalq ta'limi bo‘limi xodimlari hamda faxriy ustozlar ishtirok etib yurtimizning 11 yillik ta'lim tizimidagi ilk 11-sinf bitiruvchilarini katta hayotga ilk qadamlari bilan tabriklashdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda kuy-qo‘shiqlardan iborat bayram dasturi namoyish qilindi.O‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Mazkur maktab samaradorligi bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan bilim dargohlaridan biri sanalib nafaqat tuman, balki shahar miqyosida ham o‘z o‘rniga ega maskan hisoblanadi.
Mavzuga oid

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

20:39 / 23.05.2025
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi

15:31 / 18.05.2025